O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chikish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-sonli qarori bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar orqali bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish ularni intellektual jihatdan yetuk Vatanga sadoqatli tarix va milliy madaniyatimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maktabdan tashqari ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ta Respublika va 17 ta tuman, shahar “Kelajak” markazlari tashkil etildi. Markazlarda o‘quvchilarda zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga qiziqish uyg‘otish, interaktiv ta’lim muhitini shakllantirish orqali bolalarning ilmiy, texnikaviy, ijodiy va sport yo‘nalishidagi salohiyatini ruyobga chiqarish maqsadida 10 ta yo‘nalish (“Madaniyat va san’at”, “Axborot texnologiyalari”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Kasb-hunar”, “Turizim va ekologiya”, “Ilm-fan”, “Xorijiy tillar”, “Maktabga tayyorlov”, “Kitobxonlik”, “Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov” ) bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda, markazlardagi jami 704 to‘garakga 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 19352 nafar o‘quvchi jalb qilingan bo‘lib, ularga jami 691 nafar pedagog kadrlar, shunnan 325 nafar oliy (47%), 215 nafar o‘rta-maxsus va 149 nafar tugallanmagan oliy ma’lumotli pedagog kadrlar ta’lim berib kelmoqda. Shuningdek, “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida o‘quvchilar tashabuslarini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida 128 ta maktablarda 107 nafar maktab maslahatchilari saylandi va o‘z ish faoliyatlarini davom ettirmoqda.