O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi “Chet tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandiga asosan, maktab o‘qituvchilarining xalqaro tan olingan yoki unga tenglashtirilgan B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatlariga ega bo‘lishi kerakligi belgilangan.  Shu munosabat bilan Qonliko‘l tumanida chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lmagan pedagoglarni qaror bilan tanishtirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.  Tadbirda ishtirokchilariga vazirlikning Chet tillarini o‘rganishni ommalashtirish sektori xodimlari tomonidan qarorlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Ramazan Kadirimbetov QMU Jurnalistika fakultetiniń 2-kurs studenti