️ Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining majlislar zalida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✔️ Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Ko‘jaboyeva, Vazir o‘rinbosarlari M.Shlimbetova va A.Erejepovlar, shuningdek vazirlikning mas’ul xodimlari va sohada faoliyat olib borayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida asosan:

– yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Nukus shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning qo‘pol xatti-harakatlari aks etgan videomaterialni tahlil qilish;

– nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berish;

– belgilangan reja asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini malaka oshirish kurslarida o‘qitish;

– nodavlat ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchi va tarbiyachi pedagoglar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Bolalar bog‘chasi» (bbit.uz) maxsus platformasiga kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona Nizomni tasdiqlash haqida»gi 80-sonli qarorida ko‘rsatilgan litsenziya talablariga muvofiq ish yuritish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

📌 Uchrashuv so‘ngida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat, xususiy, oilaviy, xususiy-sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqorida aytilgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan monitoring o‘tkazish rejalashtirilganligi yana bir bor eslatildi.