Harbiy-sport musobaqasining asosiy maqsadi – o‘quvchilar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni jismoniy va ruhiy chiniqtirish hamda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
Shuningdek, musobaqa orqali yoshlarni jamoada ishlash, tartib-intizom va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, chegara xavfsizligi va Vatan himoyasining ahamiyatini anglatish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsad qilingan.
Musobaqa yakunida:
🥇-o‘rin Qo‘ng‘irot tumani 54-sonli maktabning «Ustyurt sarkardalari»;
🥈-o‘rin Amudaryo tumani 17-sonli maktab «Sarhad»;
🥉-o‘rinni Shumanay tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning «Turon» jamoasi egalladi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

















