⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Kiber jinoyatlarga qarshi kurash – zamon talabi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. ✅ Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Alisher Erejepov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi katta inspektori kapitan Shuxrat Uzakbergenov va katta leytenant Atabek Xodjaev hamda vazirlik xodimlari va zoom orqali ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. ✍️ Uchrashuvda kiber xavfsizlikni ta’minlash, internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirish va kiber jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Kiberjinoyat turlari: ➖ Fishing – firibgarlik xatlari va xabarlar; ➖ Xakerlik hujumlari; ➖ Virusli dasturlar; ➖ Shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash. Xavfsizlik qoidalari: ➖ Kuchli parollar qo‘llang; ➖ Antivirusdan foydalaning; ➖ Shubhali havolalarga bosmang; ➖ Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang. ✅ Kiber xavfsizlik – faqat davlat tashkilotlari emas, balki har bir fuqaroning ham mas’uliyati. Raqamli texnologiyalar rivojlangan davrda internetdan to‘g‘ri va ehtiyotkorlik bilan foydalanish zamon talabi.

















