O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14 fevraldagi «Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 91-son qaroriga asosan, 2024 yilda rejadagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ichki va tashqi baholash jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida seminar tashkil etildi. Seminarda 2024 yilda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi belgilangan 100 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari komissiya a’zolari raislari ishtirok etdi. Seminarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim muassasalarini akkreditatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha metodist S.Turganbayeva va Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassisi S.Adjibayev hamda metodist S.Tasimov olib bordi.