Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimlari haqida ma’lumot Tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi va vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «madmpro.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi.

Tashkilot direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli taqdimnomaga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirladi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga 2026-yil 13-iyun sanasidan 17-iyun sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Nukus shahri 22-sonli tashkilot;
Amudaryo tumani 2-, 3-, 14-, 45-, 48-, 56-sonli tashkilotlar;
Beruniy tumani 40-, 55-sonli tashkilotlar;
Bo‘zatov tumani 6-, 9-, 10-, 11-, 12-, 13-sonli tashkilotlar;
Qorao‘zak tumani 6-, 16-, 20-sonli tashkilotlar;
Qonliko‘l tumani 17-, 18-sonli tashkilot;
Kegeyli tumani 17-, 19-sonli tashkilot;
Qo‘ng‘irot tumani 11, 13, 23, 27, 28, 33, 36-sonli tashkilotlar;
Mo‘ynoq tumani 6-, 8-, 9-, 16-sonli tashkilotlar;
Nukus tumani 12-, 18-sonli tashkilot;
Taxiatosh tumani 11, 17, 19-sonli tashkilotlar;
To‘rtko‘l tumani 16-sonli tashkilot;
Chimboy tumani 6-sonli tashkilotlar;
Shumanay tumani 9-sonli tashkilotlar;
Ellikqal’a tumani 24, 34, 35, 36, 37, 38-sonli tashkilotlar.