Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori vakant lavozimlari haqida ma’lumot

Tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning madmpro.uzedu.uz sayti orqali hujjatlarini topshirishlari mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar kengashi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga muvofiqligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi.

Tashkilot direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha berilgan tegishli tavsiyaga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar siz direktorlik lavozimiga nomzod bo‘lsangiz, quyidagi vakant direktor lavozimlari uchun 2026-yil 17-iyuldan 21-iyulga qadar hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

  • Amudaryo tumani — 3-, 14-, 45-, 48-, 55-, 56-sonli tashkilotlar;
  • Beruniy tumani — 55-sonli tashkilot;
  • Bo‘zatov tumani — 6-, 9-, 10-, 11-, 12-, 13-sonli tashkilotlar;
  • Qorao‘zak tumani — 6-, 16-, 17-sonli tashkilotlar;
  • Qanliko‘l tumani — 18-sonli tashkilot;
  • Kegeyli tumani — 17-, 19-sonli tashkilotlar;
  • Qo‘ng‘irot tumani — 11-, 13-, 23-, 27-, 28-, 33-, 36-sonli tashkilotlar;
  • Mo‘ynoq tumani — 6-, 8-, 9-, 16-sonli tashkilotlar;
  • Nukus tumani — 12-, 18-sonli tashkilotlar;
  • Taxiatosh tumani — 11-, 17-, 19-sonli tashkilotlar;
  • To‘rtko‘l tumani — 16-sonli tashkilot;
  • Chimboy tumani — 6-sonli tashkilot;
  • Shumanay tumani — 9-sonli tashkilot;
  • Ellikqal’a tumani — 24-, 34-, 35-, 36-, 37-, 38-sonli tashkilotlar.