SUVNI TEJASH — KELAJAK AVLODNING MUHIM KO‘NIKMASI! Nukus shahrida “Suv -hayot o‘zagi” nomli darsliklardan foydalanishga bag‘ishlangan bir kunlik seminar-trening tashkil etildi.

Unda 30 ta umum ta’lim maktabidan 60 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.

Seminar-treningUNICEF, “O‘zsuvta’minot”, “Zamin” jamg‘armasi hamda vazirlik hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbir davomida pedagoglar boshlang‘ich va yuqori sinflar uchun ishlab chiqilgan o‘quv materiallari bilan tanishib, o‘quvchilarga suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejash va uning hayotimizdagi ahamiyatini yosh xususiyatlariga mos ravishda tushuntirish usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Shuningdek, trening dasturidan namunaviy darslar, amaliy mashg‘ulotlar, dars rejalari va interaktiv topshiriqlar o‘rin oldi.

Ishtirokchilar o‘quvchi sifatida ham mashg‘ulotlarda qatnashib, yangi metodikalarni amalda sinab ko‘rdilar. Mutaxassislar tomonidan toza ichimlik suvidan samarali foydalanish, suvni tejash madaniyatini shakllantirish hamda suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Seminar-treningning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda suv resurslariga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, suvni tejash madaniyatini rivojlantirish hamda ushbu yo‘nalishda pedagoglarning bilim va salohiyatini oshirishdan iborat. O‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarni kelgusida ta’lim jarayoniga tatbiq etish rejalashtirilgan.