ASOSIY OLIMPIADA: HUDUDLAR KESIMIDA – INTELLEKTUAL REYTING 2026 Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. So‘nggi natijalarga muvofiq, eng yetakchi hududlarni aniqlash maqsadida maxsus intellektual reyting tuzildi. Quvonchli xabar! Reyting natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqori ko‘rsatkichlar bilan 2-o‘rinni egalladi! Bu – bilimli yoshlarimiz, ustozlarimiz va sohada yuksak darajada olib borilayotgan ishlarning chinakam samarasidir. Olg‘a, yangi yutuqlar sari! 
Qoraqalpog‘istonda ta’lim sifati oshirilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
✅ Jumladan, 2025-yilda umumta’lim maktablaridagi 8-11-sinf o‘quvchilarining umumta’lim fanlaridan xalqaro va milliy sertifikatlar ulushi 2025-yilga nisbatan, 2026-yil mart holatiga natijalar ijobiy tomonga o‘zgarganligini ko‘rishimiz mumkin.
✅ Masalan: 2025-yilda 8-11-sinf o‘quvchilarining umumta’lim fanlaridan xalqaro va milliy sertifikatlar ulushi 3 103 nafarni (2,67%) tashkil qilgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 7 767 nafarni (6,7%) tashkil qilib, sertifikatga ega o‘quvchi soni 4 664 (+4,01%) nafarga oshirildi.

















