To’rtko’l tumani 33-sonli maktabdagi jihozlarning holati nomli sarlavha orqali Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan.
RASMIY MUNOSABAT
To‘rtko‘l tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 33-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi 404-sonli qarori asosida maktabga qo’shimcha 240-o’rinli bino qurilganini va rasmdagi jihozlar eski binodagi jihozlar bo’lib bugungi kunda yangi jihozlar kelganligi sababli ushbu jihozlar ehtiyoji bor boshqa ta’lim muassasalariga dalolatnoma asosida berilganligini va ushbu sinf xonasi hozirgi kunda ta’lim olish uchun tayyor holatda ekanligini ma’lum qilamiz.