To’rtko’l tumani 33-sonli maktabdagi jihozlarning holati  nomli sarlavha orqali  Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan.                RASMIY MUNOSABAT To‘rtko‘l tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 33-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi 404-sonli qarori asosida maktabga qo’shimcha 240-o’rinli bino qurilganini va rasmdagi  jihozlar eski  binodagi jihozlar bo’lib bugungi kunda yangi jihozlar kelganligi sababli  ushbu  jihozlar ehtiyoji bor boshqa ta’lim muassasalariga dalolatnoma asosida  berilganligini va ushbu sinf xonasi hozirgi kunda ta’lim olish uchun tayyor holatda ekanligini ma’lum qilamiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati