Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktabi vakant lavozimlari

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «manager.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga
2026-yil 10-oktyabr sanasidan 14-oktyabr sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Amudaryo tumani 16, 54, 69-sonli maktablar;
Beruniy tumani 17-maktab;
Bo‘zatov tumani 1-, 9-, 12-sonli maktablar;
Qorao‘zak tumani 1-sonli maktab;
Qo‘ng‘irot tumani 8-, 13-, 17-, 51-, 53-, 56-sonli maktablar;
Mo‘ynoq tumani 3, 6, 14, 18-sonli maktablar;
Nukus tumani 13-sonli maktab;
Nukus shahri 46-maktab;
Taxiatosh tumani 5-,19-, 20-, 23-sonli maktablar;
Taxtako‘pir tumani 23-sonli maktab;
To‘rtko‘l tumani 37, 45, 48, 61, 69, 75, 78-sonli maktablar;
Xo‘jayli tumani 16, 18, 37, 38-sonli maktablar;
Chimboy tumani 2-sonli maktab;
Shumanay tumani 3, 4, 24, 26, 29-sonli maktablar;
Ellikqal’a tumani 6-, 26-, 32-, 33-, 39-, 66-, 75-sonli maktablar.