Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun malaka oshirishning «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan biriktirilgan mas’ullar T.Kalmuratov va A.Shavkatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari M.Shlimbetova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori V.Bekmuratova, vazirlikning Pedagogik xodimlar salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirish sektori, Maktabgacha ta’lim tashkilotining muvofiqlashtiruvchi bo‘limi mutaxassislari, 2 nafar master-trener, 25 nafar trener (mentor) va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Tadbirni o‘tkazishdagi asosiy maqsad:
– master-trenerlar guruhini shakllantirish;
– o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
– master-trenerlarni tayyorlash uchun maxsus treninglar tashkil etish;
– o‘quv materiallarini hududiy ishchi guruhlarga yetkazish;
– tadbirlar tashkil etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
– Tadbirlar tashkil etilishini o‘rganish va muammolarni bartaraf etish;
– tashkil etilgan tadbirlar bo‘yicha davriy hisobotlarni tayyorlashdan iborat.
Tadbir davomida «Metodik mahorat kuni» va «Metodik mahorat soati» tadbirlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.