Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimlari haqida ma’lumot Tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «madmpro.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Tashkilot direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli taqdimnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga
2026-yil 10-oktyabr sanasidan 14-oktyabr sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Amudaryo tumani 14, 45, 48, 56, 57-sonli tashkilotlar;
Beruniy tumani 55-sonli tashkilotlar;
Bo‘zatov tumani 6-, 9-, 10-, 11-, 12-, 13-sonli tashkilotlar;
Kegeyli tumani 17-, 19-sonli tashkilotlar;
Qonliko‘l tumani 8-, 18-sonli tashkilotlar;
Qorao‘zak tumani 6-, 16-, 17-sonli tashkilotlar;
Qo‘ng‘irot tumani 11, 23, 27, 28, 33, 36, 37-sonli tashkilotlar;
Mo‘ynoq tumani 6-, 8-, 9-sonli tashkilotlar;
Nukus tumani 12-sonli tashkilot;
Nukus shahri 57-sonli tashkilot;
Taxiatosh tumani 11, 17, 19, 20-sonli tashkilotlar;
Taxtako‘pir tumani 16-sonli tashkilot;
To‘rtko‘l tumani 1-, 16-, 31-sonli tashkilotlar;
Chimboy tumani 6-sonli tashkilot;
Shumanay tumani 9-sonli tashkilot;
Ellikqal’a tumani 24, 36, 37, 38, 39-sonli tashkilotlar.