Ijtimoiy tarmoqda Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo`limiga qarashli umumta’lim maktablarida ishlagan bir guruh CHQBT rahbarlari 2025 yil 2-iyundan mehnat shartnomasi shtat qisqarishi munosabati bilan bekor qilinganligi sababli ularga uchinchi oy uchun o`rtacha oylik ish haqi to’lanmaganligidan noroziligini bildirgan.
Ushbu ishsizlik nafaqasining bugungi kunga qadar to`lanmasligi sababi Prezidentimizning 15.11.2024 yildagi PQ-393-son qaroriga asosan 2025 yil
1-iyundan ta’lim tashkilotlaridagi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi tugatilib, shtat birliklari Mudofaa vazirligiga o‘tkazilishidir.
Maktabgacha va maktab ta’lim bo`limiga qarashli barcha umumta’lim maktablarida ishlagan CHQBT rahbarlariga qonunchilikda belgilangan tartibda ikki oylik kompensatsiya, Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan ishdan bo‘shatish nafaqasi va yakuniy hisob-kitoblari to‘liq to’lab berildi.
Mehnat kodeksining 100-moddasiga asosan agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan “xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega bo‘ladi deyilgani bilan, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xodimlarga uch oylik davr tugagach maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e’tirof etiladi” deyilgan.
Shu sababli, ushbu muammoni ijobiy hal qilish maqsadida Adliya organlariga tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatgan ChQBT rahbarlarining ishsizlik nafaqa pullari to’lanishi yoki to’lanmasligi yuzasidan huquqiy xulosa berish maqsadida murojaati yo‘llandi. Ushbu murojaat bugungi kunda adliya organlari tomonidan o‘rganilayotganligini ma’lum qilamiz.