To‘rtko‘l tumani “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan MMTBga qarashli 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi atrofidagi holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan videomurojaat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va tuman elektr energiyasi ta’minoti bo‘limi tomonidan nazoratga olinib, noxush holat bartaraf etilganligini ma’lum qilamiz. Ushbu hududda joylashgan tuman elektr ta’minoti hisobida bo‘lgan 489-sonli transformator punkti “KTPg” markadagi ya’ni “shahar tipi”dagi yopiq transformator punkti ekanligi va shu sababli transformatorga mahsus himoya panjarasi talab qilinmasligini bildiramiz.

Shuningdek, o‘rganish natijasida aniqlangan ayrim kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etildi. Mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rildi. 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va hamshirasiga nisbatan intizomiy jazolar qo‘llanildi. Muassasaning asosiy javobgar xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudiri lavozimidan ozod etilganligini ma’lum qilamiz!

QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati