Ijtimoiy tarmoqlarda “To‘rtko‘l tumani “Paxtachi” QFY hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish ishlari olib borilmayapti” degan mazmunda post tarqaldi. Tarqalgan post bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nazoratga olib o‘rganish ishlari olib borildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg’armasi ishtirokida “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5246-son qaroriga asosan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 552-sonli qaroriga muvofiq ” Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 32 (8 umumta’lim maktabi, 24 maktabgacha ta’lim tashkiloti) yangi ta’lim muassasalari qurilmoqda. Bugungi kunda 9 ob’ektning (2 maktab 7 MTT) davlat qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda, 3 ob’ektda (3 MTT) texnik jihozlash ishlari, 18 ob’ektda (5 maktab 13 MTT) qurilish ishlari olib borilmoqda. Qolgan 2 ob’ektda (Taxıyatosh tumanidagi 1 maktab, To‘rtko‘l tumanidagi 1 MTT) qurilish ishlarini olib borish bo‘yicha Tender savdolariga qayta joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Sababi, 2 ob’ektning quruvchilari qurilish ishlari vaqtini bajarilmaganligi uchun, muddatidan o‘tib ketganligi sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring kompaniyasi DUK tomonidan shartnomalar bekor qilingan va tender savdolariga qayta qo‘yishga takliflar berilganligini ma’lum qilib bildiramiz.
Rásmiy múnásibet
22
















