O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PP-5924-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida haftaning har juma kuni “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida piyoda yurish aksiyalari va ertalabki jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, Nukus shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, poytaxtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagoglari “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida tashkil etilgan ommaviy piyoda yurish aksiyasi va ertalabki jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdi.
Bu tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ta’lim tizimi xodimlari orasida sport va salomatlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

















