#onlayn Ayni paytda Pedagogik mahorat markazida umumiy o‘rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha test sinovlarining uchinchi kuni davom etmoqda. Bugun jami 717 nafar pedagog ona tili va adabiyoti (o‘zbek sinflari uchun) hamda o‘zbek tili (davlat tili) fanlaridan test sinovlarida ishtirok etmoqda.