Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 1-avgustdan boshlandi Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin. ❗️Murojaatlar: ➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz (https://pedkadr.uzedu.uz/) platformasi; ➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/uz); ➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.