Bugun Kegeyli tumanida O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 iyundagi «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi maxsus qarori ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Babanazarova, Kegeyli tumani prokurorining katta yordamchisi I.Joldasbayev, Kegeyli tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Q.Bekimbetov hamda maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti direktorlari ishtirok etdi.
Seminar davomida «Korrupsiyasiz ta’lim» shiori ostida Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini yanada oshirish, pedagoglarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, qonun buzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va Korrupsiya holatlariga oid videorolik namoyish etildi.