Bugun Amudaryo tumanidagi 22-umumta’lim maktabida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda jami 2 ta murojaat kelib tushdi. Fuqaro D.Davletbaeva o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish so‘rab murojaat qildi. Dilnozaning murojaati ijobiy hal etilib, tumandagi 76-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida rus tili fani o‘qituvchisi bo‘lib ishga joylashdi. Qolgan bir murojaat egasiga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, vazir G.Kojabaeva boshchiligida maktabgacha va maktab direktorlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir davomida kasbiy sertifikatlashga jalb etish, maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida xalqaro va mahalliy grantlarni yutib olish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Ochiq muloqot ishtirokchilari sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, fikr va takliflarini bildirdi.