Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «Pedagoglarning bilim va malakasini baholashni tashkil etish sektori» tomonidan vazirlik tarkibidagi umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar uchun «Umumiy o‘rta ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarining haqiqiyligini tasdiqlash to‘g‘risida» zoom dasturi orqali seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bosh mutaxassisi H.Ubaydullaev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi metodisti B.Habibullaev, umumta’lim maktabi direktorlari va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminarda ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning haqiqiyligini tasdiqlash, umumta’lim maktabi tomonidan yagona elektron tizim erp.maktab.uz saytiga sertifikatlar yuklash, verifikatsiyadan o‘tkazilgan sertifikatlar bo‘yicha ustama to‘lash tartibi haqida keng tushunchalar berildi.
Umumta’lim maktablari rahbarlarining o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.