O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’limning boshqa muqobil turlarini o‘quv-metodik vositalar, didaktik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi maxsus buyrug‘i asosida Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida seminar tashkil etildi. Seminarda Nukus shahridagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan yetkazib berilgan 49- atamadagi didaktik materiallar haqida batafsil ma’lumot berildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik materiallar bolalar yoshiga mos guruhlarga taqsimlanmoqda. Shuningdek, tadbir fikr almashuvlar va savol-javoblar bilan yakunlandi.