Bugun Nukus shahridagi 52-maktabgacha ta’lim tashkilotida «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, faxriy nuroniy B.Sulnatov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Jamalov va X.Nezamatov, Nukus shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari, tashkilot jamoasi ishtirok etdi.
Do‘stlik festivali, millatlar va dinlar o‘rtasidagi totuvlik an’analarini asrab qolish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirda tashkilot tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, konsert dasturi namoyish etildi.
Shuningdek, tadbirni yuqori saviyada tashkil etgani uchun tashkilot jamoasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.