Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining majlislar zalida vazir G.Ko‘jaboyeva boshchiligida «Ta’lim sohasida ishga qabul qilishda Korrupsion jinoyatlarning oldini olishda tanlovlar tashkil etish, shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar» haqida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik bo‘lim boshliqlari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda joriy yilning 18-20 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishchi guruhi tomonidan barcha sohalarda Korrupsiyaviy jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan sharh berildi hamda ta’lim sohasida eng ko‘p jinoyatlar ishga qabul qilishda aniqlanayotgan xato-kamchiliklarga to‘xtalib o‘tildi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlar o‘rtasida tanqidiy muloqot o‘tkazildi.
Shuningdek, vazir tomonidan har qanday korrupsion holatlardan olib chiqish bo‘yicha shaffoflikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish va choralarini ishlab chiqish, har birimiz bu illatga qarshi kurashishga mas’ul ekanligimizni eslatib o‘tdi.
Barcha shahar va tumanlarda hamda ularga qarashli umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishga qabul qilish jarayonlarini ochiqlik va shaffoflikka amal qilgan holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.