Umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida «Men giyohvandlikka qarshiman!» ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda tuman (shahar) bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 9-10-11-sinf o‘quvchilaridan jami 34 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rik-tanlov 2 ta yo‘nalishda «Ijodiy bayon» va «Tasviriy san’at» bo‘yicha o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra «Ijodiy bayon» yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin Qonliko‘l tumani 18-maktab o‘quvchisi M.Ayapbergenova;

2-o‘rin Qo‘ng‘irot tumani 55-sonli maktab o‘quvchisi Sh.Kengesbayeva;

3-o‘rinni Beruniy tumani 46-maktab o‘quvchisi M.Sapayazova egalladi.

Ko‘rik-tanlovning «Tasviriy san’at» yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin Beruniy tumani 64-maktab o‘quvchisi G.Urgenshbayeva;

2-o‘rin Shumanay tumani 1-sonli maktab o‘quvchisi D.Abdigapparova;

3-o‘rinni Chimboy tumani 38-maktab o‘quvchisi A.Djanbayeva egalladi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ko‘rik-tanlovning 2 yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.