Bugun 52-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Qoraqalpog‘iston o‘qituvchisi» tanlovining Respublika bosqichi o‘z ishini boshladi.

️✔️ Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Dauetbaev, Respublika ta’lim markazi direktori Q.Jubanov, shuningdek, ko‘plab ilg‘or o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

❗️ ️Tanlovda: 125 o‘qituvchi ishtirok etmoqda.

️✅Tanlov quyidagi 6 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilmoqda:
1. Aniq fanlar;
2️. Tabiiy fanlar;
3️. Filologiya fanlari;
4️. Ijtimoiy fanlar;
5️. Amaliy fanlar;
6️. ️Boshlang‘ich sinf.

❗️️ Tanlov 4 bosqichdan iborat:
1-tur – Test;
2-tur – Taqdimot;
3-tur – Portfolio;
4-tur – Metodika.

✅ Tanlov pedagoglarning bilim va tajribasini ko‘rsatish, eng munosib ustozlarni aniqlash maqsadida tashkil etilmoqda.