O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 17 martdagi «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari hamda tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ko‘rik-tanlovlar, festivallar va musobaqalarni tashkil etish to‘g‘risida»gi 86-sonli buyrug‘ini bajarish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida «Gimnastikaga ilk qadam» mavzusida musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra o‘g‘il bolalar orasida:
🥇 Qo‘ng‘irot tumani 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Baxitov Humoyun;
🥈 Taxtako‘pi tumani 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Nuratdinov Zuratdin;
🥉 Kegeyli tumani 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Tajetdinov Baxawatdin;
Qiz bolalar orasida:
🥇 Qo‘ng‘irot tumani 25-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Qdirbayeva Janerke;
🥈 Kegeyli tumani 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Jumamuratova Uldariy;
🥉 Xo‘jayli tumani 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Saparniyazova Dilashodalar sovrinli o‘rinlarni egalladi.
⏰ G‘oliblarimiz musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✔️ Musobaqa g‘oliblari O‘zbekiston bosqichiga yo‘llanma oldi va keyingi bosqichlarda tarbiyalanuvchilarimizga omadlar tilab qolamiz.