2025 yil 15 may kuni Prezidentimiz raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan «Dolzarb 90 kunlik» dasturi e’lon qilindi.
Ushbu dasturlar yoshlarda ijtimoiy faollikni oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Dolzarb 90 kunlik» dasturini amalga oshirishga qaratilgan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari K.Ismailov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurorining katta yordamchisi B.Agitaev hamda Nukus, Kegeyli, Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlaridan pedagog xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirda 2024-2025 o‘quv yili davomida ushbu maktabda faoliyat yuritgan «Chet tilini o‘rganish» to‘garagi, «Tikuvchilik,» «Musiqa» ijodiy to‘garaklari, «Shaxmat,» «Shashka,» «Futbol,» «Voleybol» va «Kurash» sport seksiyalari yozgi mavsumda ham o‘z faoliyatini davom ettirishi yig‘ilganlarga tushuntirildi.
Shuningdek, maktab kutubxonasi ham yoz mavsumi davomida o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatishi hamda o‘quvchilarning yozuvchi, shoirlar bilan uchrashuvlari, davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ko‘rgazmali seminar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan maktab o‘quvchilarining yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, bolalarni to‘garaklarga qamrab olishni kengaytirish, maktab o‘quvchilarining bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda o‘z yordamlarini ko‘rsatishini bildirib o‘tdi.