Joriy yilning 22-may kuni ijtimoiy tarmoqlari orqali To‘rtko‘l tumani MMTB ga qarashli 5-sonli umumiy o‘rta talim maktabining oshxonasidan sotib olingan “suxarik” mahsuloti yuzasidan yo‘llangan videomurojaat bo‘yicha
RASMIY MUNOSABAT
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi masʼul mutaxassislari tomonidan 5-sonli umumiy o‘rta talim maktabining oshxonasida sanitariya-epidemiologiya talablarining bajarilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi va quyidagilar aniqlandi:
Maktab oshxonasi uch tomonlama ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritmoqda. Fuqaro N.Ramonov tomonidan maktab oshxonasiga ruxsat etilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, taqiqlangan mahsulotlar ham borligi aniqlandi. Shu jumladan “suxarik” mahsuloti ham sotilgan, ushbu mahsuloti ko‘zdan kechirilganda zararkunanda va qurt bilan zararlanganlik holati kuzatilmadi. “Suxarik” va boshqa ruxsat etilmagan mahsulotlar savdodan olindi. Fuqaro N.Ramonov 0017-21 sonli sanitariya qoidalari va meyorlari talablari asosida ish faoliyati olib borish tushuntirildi.
Maktab mamuriyati va oshxonada faoliyat olib borayotgan fuqaroga maktab hududida ruhsat etilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va tarqatishning belgilangan talablari tushuntirilganligini ma’lum qilib bildiramiz.