Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 11-iyun sanasida 2024-2025-, 2025-2026-o‘quv yili uchun belgilangan «Ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktab» direktorlari uchun «Dolzarb 90 kun» doirasidagi tadbirlarning bajarilishi amalda» mavzusida Respublika amaliy-seminari tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Dauletbaev, Ta’lim markazi direktori Q.Jubanov, vazirlik xodimlari va ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktab direktorlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 646-sonli qarori asosida har yili mart oyida maxsus baholash mezonlari bilan umumta’lim maktablari baholanib, ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati e’lon qilib kelinmoqda.
Ushbu baholash mezonida:
- bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilinishi;
Maktabning reytingi;
- pedagog kadrlarning sifat tarkibi;
- Fan olimpiadasida o‘quvchilarning ishtiroki;
- Zamonaviy maktablarga qo‘yilgan talablar asosida 700 dan ortiq maktablarning natijalari baholangan.
Baholash yakunida 2024-2025-o‘quv yili uchun respublikamizdan
29 umumta’lim maktabi «Ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktablar» qatorida edi, va oldindagi 2025-2026-o‘quv yili uchun esa, respublikamizdan 24 umumta’lim maktabi «Ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktablar» qatoriga kiritilgan.
Seminar davomida, ma’ruzachilar tomonidan «Ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktab» direktorlari sifatli boshqaruv, amaldagi o‘quv-reja va variativ o‘quv-reja, ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini aniqlashdagi baholash mezonlari, pedagoglarda zamonaviy darslarni tashkil etishdagi ko‘nikmalarini rivojlantirish, «Dolzarb 90 kun» doirasidagi tadbirlarning ahamiyati, «Metodik tur» tadbirlari hamda o‘quvchilar o‘rtasida kichik fan olimpiadalarini tashkil etish, maktablarda pedagoglar salohiyatli hamda malakaviy attestatsiya natijalari hamda sog‘lom muhit yaratish yo‘nalishlaridagi ishlar bo‘yicha bir qator amaliy va uslubiy tushuntirishlar berildi.