Bugun 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari, Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablarning trener o‘qituvchilari tomonidan «Xalqaro va milliy tajribalar asosida o‘quv jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilishini yanada takomillashtirish» mavzusida seminar o‘tkazilmoqda. Seminarda respublikadagi yangi baholash tizimi joriy etilgan jami 78 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab) agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarini baholash tartibi 2023-2024-o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 34 ta umumta’lim maktablarida, 2024-2025-o‘quv yilidan 44 ta umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bilimini baholashning yangi tartibi joriy etildi.
Hozirgi kunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 78 maktabda yangi baholash tizimida o‘quvchilarning bilimlarini baholab va yangi tizim o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi, izlanishi va o‘quvchilarda ta’lim sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
Masalan, 2024-2025-o‘quv yili 1-chorak yakunlari bo‘yicha
5-11-sinf o‘quvchilarining choraklik summativ baholash natijalari o‘rtacha 55,8 foizni ko‘rsatgan bo‘lsa, 4-chorak yakunlari bo‘yicha 66,5 foizni ko‘rsatib, natijalar o‘quv yili yakunida + 10,7 foizga oshirildi.
Yangi tizimning samaradorligini inobatga olib, 2025-2026 o‘quv yilidan o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibini 122 ta umumta’lim maktabida joriy etish rejalashtirilib, yangi 2025-2026 o‘quv yilidan maktablar soni 200 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.
«Xalqaro va milliy tajribalar asosida o‘quv jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilishini yanada takomillashtirish» mavzusidagi seminar-trening umumta’lim maktablari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xalqaro va milliy tajribalar asosida o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish, mezonlarga asoslangan baholash tizimi, raqamli resurslardan foydalanish hamda maktablarda metodik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsad qilib belgilandi.
Seminar-trening, interfaol metodlar, taqdimotlar, tajriba almashish, guruh mashg‘ulotlari asosida olib borilmoqda.