Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati.
2025-yil 14-avgust.
2025 yil 14 avgust kuni Qoraqalpog‘iston RespublikasiMaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan «Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi» shiori ostida an’anaviy «IV O‘qituvchilar milliy forumi» tashkil etilmoqda.
Mazkur Forumning o‘zlashtirilgan asosiy maqsadi tizimda olib borilayotgan islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘quv qoidalari, o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv jarayoniga tatbiq etiladigan ilg‘or metodikalar va pedagoglarni tahlil qilishdan iborat.
Forum an’anaviy ravishda avgust oyida respublika, viloyatlar, tuman (shahar) lar, maktablar miqyosida o‘tkazib kelinmoqda.
Bu yilgi Forumning Respublika bosqichi Nukus shahri Kardar maktabida o‘tkazilib, unda hududlardan ilg‘or, tashabbuskor, yetakchi o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etadi.
Mazkur Forumning davomi kaskad usulida 19-20 avgust kunlari tuman (shahar) lar miqyosida, 25-29 avgust kunlari barcha ta’lim muassasalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida turli fan yo‘nalishlarida seksiya darslari tashkil etiladi va umumta’lim maktablarining saylangan pedagoglari, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tayyorlangan master-trenerlar tomonidan olib boriladi.
Shuningdek, Forumda:
– o‘quv maqsadlari, yangi o‘quv-metodik majmualar sharhi va tajribalardan foydalanish bo‘yicha tahlillar;
– darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar;
– Janubiy Koreya tajribasi asosida maktabgacha yoshdagi o‘smir bolalarni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar – o‘yinga asoslangan ta’lim;
– boshlang‘ich ta’limda informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning zamonaviy vositalari;
– ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar, namunaviy dars tashkil etish va uni tahlil qilish, mezonlarga asoslangan baholash tizimining maqsadi va mohiyati;
-loyihaga asoslangan ta’lim, eMaktab platformasidan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha trening darslari tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bugungi kunda 726 maktabda 363 ming 532 o‘quvchiga 38 ming 878 o‘qituvchi va murabbiylar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.