Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi.
O‘rganishlar davomida vazir Nukus shahrida barpo etilayotgan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Mazkur ta’lim maskani “Yangibozor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bo‘lib, 870 o‘quvchiga mo‘ljallangan.
Hozirda maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Vazir E’zoza Karimova shu kuni Gimnastika maktabi qurilish ishlari bilan ham tanishdi.
Jarayonlarni o’rganib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.