«O‘zbekiston bayrog‘i – milliy g‘urur va mustaqillik timsoli»

O‘ZBEKISTON FLAGI MAVZUSIDA «KELAJAK SOATI» O‘TKAZILDI

Bugun Nukus shahridagi 55-sonli umumiy ta’lim maktabida «Kelajak soati» doirasida «O‘zbekiston bayrog‘i» mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy dars tashkil etildi.

Dars jarayonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabaeva, vazir o‘rinbosari Qadirbay Ismaiylov, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining katta yordamchisi Beket Agitaev o‘quvchilarga davlat bayrog‘ining davlat belgisi sifatidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i xalqimizning ko‘p asrlik tarixiy an’analari, boy ma’naviy merosi va milliy o‘zligimizni mujassamlashtiruvchi muhim timsol ekani ta’kidlandi. Shuningdek, bayroq mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi munosib o‘rnini belgilaydigan ramz sifatida alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, 20-noyabr – «Jahon bolalar kuni» munosabati bilan bola huquqlarini himoya qilish, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya tamoyillari va uning global rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liqligi bo‘yicha ham o‘quvchilarga muhim ma’lumotlar yetkazildi.

Tadbir yakunida, o‘quvchilarda davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, shuningdek, bola huquqlarini hurmat qilishga oid bilim va tushunchalarni mustahkamlashga qaratilgan ushbu ma’rifiy mashg‘ulot barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati