O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 28 oktyabrdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi maxsus buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ochiq muloqot va ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi – ta’lim sohasida yuzaga kelayotgan korrupsiya holatlarining oldini olish, mavjud muammolarni ochiq-oydin muhokama qilish va bu boradagi mas’uliyatni oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabaeva ochib berdi va olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, vazir o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) ta’lim bo‘limi boshliqlari, maktabgacha va maktab direktorlari, markaziy studiyadan 670, jami 1500 dan ortiq soha xodimlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. Tadbir davomida ta’lim tizimida uchrayotgan korrupsiya holatlari va ularning oqibatlari keng muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar bunday salbiy illatlarning ildizlari haqida fikr bildirib, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati eng asosiy omil ekanini alohida ta’kidladi. Tanqidiy ruhda o‘tgan muloqotda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amaliy choralar, ochiqlikni ta’minlash va fuqarolik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Ushbu tadbir korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash, halollik muhitini shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati