Britaniya Menejment universiteti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi MMT vazirligi hamkorligi doirasida uchrashuvlar tashkil etildi.
Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida 2023 yil 1 noyabrda imzolangan memorandum asosida BMU professor-o‘qituvchilari tomonidan iqtidorli va bilimli yoshlarni xalqaro oliy o‘quv yurtlariga yo‘naltirish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazildi.
BMTning hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Gullola Qoraboyeva, AQShlik o‘qituvchi Xenia Mathys va qabul bo‘limi xodimi Nodirbek Fayzahmatov, vazirlikning xorijiy tillarni ommalashtirish sektori mutaxassisi Aynura Erejepova bilan birgalikda ikki kun davomida Xo‘jayli, Chimboy tumanlari va Nukus shahrida bo‘ldi.
Tashrif doirasida 600 dan ortiq maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, universitetdagi ta’lim dasturlari, qabul jarayonlari, xalqaro ta’lim imkoniyatlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ushbu uchrashuvlar yoshlarning kelajak kasb tanloviga, xalqaro ta’limga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasini oshirishga xizmat qilmoqda.


















