Tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «kkbilimdiriw.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Tashkilot direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli taqdimnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga 2025-yil 4-dekabr sanasidan 8-dekabr sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Amudaryo tumani 3-, 10-, 14-, 15-, 27-, 45-, 48-sonli tashkilotlar;
Beruniy tumani 23, 29, 33, 40, 52-sonli tashkilotlar;
Bo‘zatov tumani 1-, 6-, 9-, 10-, 11-, 12-, 13-sonli tashkilotlar;
Qorao‘zak tumani 6-, 9-, 10-, 16-, 20-sonli tashkilotlar;
Qonliko‘l tumani 1-sonli tashkilot;
Kegeyli tumani 1-sonli tashkilot;
Qo‘ng‘irot tumani 13-, 27-, 28-, 32-, 36-, – sonli tashkilotlar;
Mo‘ynoq tumani 6-, 8-, 9-, 16-sonli tashkilotlar;
Nukus tumani 18-, – raqamli tashkilot;
Taxiatosh tumani 9-, 11-, 17-, 19-sonli tashkilotlar;
To‘rtko‘l tumani 16 – raqamli tashkilot;
Xo‘jayli tumani 19-, – raqamli tashkilot;
Chimboy tumani 6-, 8-, – raqamli tashkilotlar;
Ellikqal’a tumani 34, 35, – sonli tashkilotlar.