Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Beruniy tumani hokimligining 2025 yil 28 oktyabrdagi qo‘shma qarori asosida tasdiqlangan «Beruniy tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va mazmunini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi»ning ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminar Beruniy tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ta’lim markazi va Pedagogik mahorat markazi xodimlari ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy yondashuv va metodlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim tushuncha va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 26-maydagi «2025-2026-o‘quv yilida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi maxsus buyrug‘i asosida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan Amudaryo tumanidagi 72-sonli, Taxtako‘pir tumanidagi 22-sonli va Shumanay tumanidagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilariga Respublika ta’lim markazining fan metodistlari tomonidan «Metodik-tur» loyihasi doirasida metodik seminar o‘tkazildi va ushbu maktablarning o‘quvchilariga metodistlar tomonidan ochiq darslar o‘tib berildi.





















