Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan kutubxona mudirlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularning o‘z ustida ishlashi uchun imkoniyat yaratish, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish va yanada takomillashtirish, o‘zaro tajriba almashish ishlarini muvofiqlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish, salomatligini mustahkamlash hamda ijodiy faolligini oshirish maqsadida vazirlik tashabbusi bilan maktab kutubxona mudirlari o‘rtasida tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilgan edi.
Tanlovga tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan 15 ta umumta’lim maktabi kutubxona mudirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida o‘zaro bellashdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra:
🥇-o‘rin Mo‘ynoq tumani 4-sonli umumta’lim maktabi kutubxona mudiri P. Karabekova;
🥈-o‘rin Qonliko‘l tumani 22-sonli umumta’lim maktabi kutubxona mudiri D.Dauletbaeva;
🥉-o‘rinni Taxiatosh tumani 16-sonli umumta’lim maktabi kutubxona mudiri G.Beketovalar egalladi.
G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



















