VAZIR «KELAJAK MARKAZI» XODIMLARI BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2025 yil 8 sentyabrdagi PQ-277-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 30 sentyabrdagi 368-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Kelajak markazi» tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabaeva «Kelajak markazi» xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, to‘garaklar faoliyatini zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Vazir Gulistan Kojabaeva «Kelajak markazi» xodimlariga mas’uliyatli vazifalarda omad tilab, markaz faoliyati yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida fikr-mulohazalar bildirilib, kelgusidagi ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.