Respublika pedagogik mahorat markazida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik doirasida «O‘qish savodxonligi ko‘nikmalarini rivojlantirish va baholash» mavzusida 3 kunlik seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Unda umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktor o‘rinbosarlari, boshlang‘ich ta’limning 4-sinf o‘qituvchilari hamda mentor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda. Jami 54 nafar pedagog seminar-treningga qamrab olingan.
Seminar-treningning asosiy maqsadi – xalqaro tadqiqotlar natijalari asosida shakllantirilgan amaliy yondashuvlar orqali o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularni samarali baholash usullarini pedagoglarga yetkazishdan iborat.
Trening davomida ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z ko‘nikmalarini oshirmoqda.





















