Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan «Iqtisodiy o‘sish uchun maktab ta’limini transformatsiyalash» loyihasi doirasida shu yilning 17-20-yanvar kunlari Jahon banki vakillari va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
➖ 17-yanvar kuni mehmonlar Mo‘ynoq tumanida bo‘lib, 1-sonli umumiy ta’lim maktabida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza va ta’lim-tarbiya jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, 2025 yil Investitsiya dasturi doirasida qo‘shimcha o‘quv binosi qurilgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabdagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
➖ 18-yanvar kuni Nukus shahridagi «Obod makon» MFY hududida quvvati 1650 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab qurilishi rejalashtirilgan 1,4 gektar yer maydonida kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holati o‘rganildi. Shuningdek, «Chimboy guzari» MFYda joylashgan 49-sonli umumta’lim maktabidagi sharoitlar bilan tanishdi.
➖ 19-yanvar kuni esa Nukus shahri «Yangibozor» MFY hududida yangidan qurilgan, 870 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, zamonaviy ta’lim muhiti va moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi.
Shu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari B.Utemuratov boshchiligida Jahon banki vakillari bilan birgalikda yangi maktablarning qurilishi, yer maydonlari, texnik talablar va loyiha jarayonlariga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

















