Bugun umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida «Ixtirochilikka qadam» tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev ishtirok etib, yosh ixtirochilarga omad va zafarlar tiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi – maktab o‘quvchilari o‘rtasida innovatsion faollikni oshirish, ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy-amaliy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdir.

Tanlov doirasida o‘quvchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z loyihalari bilan ishtirok etmoqda:
– ta’lim;
– axborot texnologiyalari;
– yashil energiya;
– iqlim o‘zgarishi;
– qishloq xo‘jaligi.

Ishonamizki, bugungi yosh ixtirochilar ertangi kunning yetuk mutaxassislari va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yoshlar bo‘lib voyaga yetadi.