Joriy yilning 26 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari qurilish-ta’mirlash ishlari munosabati bilan 68-sonli maktabga ko‘chirilgani va ayrim hollarda sinf xonalarining yetishmasligi haqida videomaterial tarqaldi.

Tarqalgan videomaterial bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tumandagi 27-sonli maktabda kapital ta’mirlash ishlari va qo‘shimcha 210 o‘rinli yangi bino qurilishi olib borilayotganligi, qurilish-ta’mirlash ishlari o‘quvchilarning ta’lim olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlash maqsadida, maktabga yaqin joylashgan 68-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘quvchilar vaqtincha ko‘chirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Maktab hududidagi mavjud xizmat xonalaridan biri o‘quv jarayoni talablariga muvofiq qayta jihozlandi va o‘quvchilarning to‘liq bilim olishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Shuningdek, kelgusida bunday kamchiliklarning oldini olish, o‘quvchilar uchun munosib, qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish maqsadida nazorat tadbirlari davom etishini ma’lum qilamiz.

QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati