Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimlari to‘g‘risida ma’lumot

Tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «kkbilimdiriw.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.
Tashkilot direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli taqdimnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga
2026-yil 27-yanvar sanasidan 31-yanvar sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Amudaryo tumani 3-, 10-, 14-, 27-, 45-, 48-, -sonli tashkilotlar;
Beruniy tumani 23-, 29-, 33-, 40-, 52-, 55-, 58-sonli tashkilotlar;
Bo‘zatov tumani 6-, 9-, 10-, 11-, 12-, 13-sonli tashkilotlar;
Qorao‘zak tumani 6-, 10-, 16-, 20-sonli tashkilotlar;
Qonliko‘l tumani 17-, 18-, – raqamli tashkilot;
Kegeyli tumani 17-, – raqamli tashkilot;
Qo‘ng‘irot tumani 11, 13, 27, 28, 32, 33, 36-sonli tashkilotlar;
Mo‘ynoq tumani 4-, 6-, 8-, 9-, 16-sonli tashkilotlar;
Nukus tumani 18-, – raqamli tashkilot;
Taxiatosh tumani 9-, 11-, 17-, 19-sonli tashkilotlar;
To‘rtko‘l tumani 16 – raqamli tashkilot;
Xo‘jayli tumani 19-, – raqamli tashkilot;
Chimboy tumani 6-, 17-, – raqamli tashkilotlar;
Ellikqal’a tumani 14, 24, 34, 35, 36, 37-sonli tashkilotlar;