Qoraqalpog‘istonda Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralash bosqichlari qizg‘in davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/kkeduuz/40661) tanlovning hududiy bosqichi Nukus shahri 52-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilmoqda. Bugungi jarayonlar «Sun’iy intellekt» mavzusiga bag‘ishlandi.

Junior (6-10 yosh) toifasidagi o‘quvchilar «Theatrical Performance» – sahna ko‘rinishlari orqali o‘z iste’dodlarini namoyish etmoqda.

Senior (11-17 yosh) toifasidagi ishtirokchilar esa «Project Presentation» – loyiha taqdimoti orqali bilim va kreativ yondashuvlarini taqdim etmoqda.