Nukus shahar hokimligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida xorijiy grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularni tizimli ravishda tashkil etish maqsadida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbir hududda grant faoliyatini yanada faollashtirish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro va mahalliy donor tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Seminarda shahar hokimi o‘rinbosari J.Otejanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb etish va donorlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi N.Abipov, bo‘lim eksperti B.Sultamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul mutaxassisi A.Erejepovalar tomonidan ishtirokchilarga grant loyihalarini ishlab chiqishning bosqichma-bosqich mexanizmlari, loyiha hujjatlarini to‘g‘ri va tizimli yuritish tartibi, donor tashkilotlar bilan samarali muloqot o‘rnatish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilg‘or amaliy tajribalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar-treningda ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, mutaxassislar bilan bevosita muloqot va maslahatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mazkur seminar grant faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, yangi tashabbuslar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

















